Kasaba uyushmasining hisobot-saylov yigʼilishi o'tkazildi

Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2019-yil 25-dekabrdagi “Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni oʼtkazish toʼgʼrisida” gi 16-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 11-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Hisobot-saylov yigʼilishi kun tartibiga kiritilgan asosiy masalalardan biri Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kasaba uyushmasi qoʼmitasining 2015-yil apreldan 2020-yil fevralgacha boʼlgan davr mobaynidagi faoliyati va navbatdagi vazifalari toʼgʼrisidagi masala boʼldi.

Unda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlari himoyasi, mehnati muhofazasi, bandlik, mehnatkashlar va ularning oila aʼzolari maʼnaviyatini yuksaltirish, sogʼlomlashtirish masalalari yuzasidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi Fayzullaev Said-Nosir Said-Burxonovich va kasaba uyushmasi qoʼmitasi taftish komissiyasi aʼzosi Sherzod Аdinaevlarning hisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kasaba uyushmasi qoʼmitasining va taftishning yangi tarkibi tasdiqlandi. Universitet kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi etib Fayzullaev Said-Nosir Said-Burxonovich qayta saylandi.Tashkiliy majlisda universitet kasaba uyushmasi qoʼmitasining rayosat aʼzolari yangi tarkibi saylandi.

Shundan soʼng, hisobot-saylov yigʼilishi kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar yuzasidan fikr mulohazalar eshitilib barcha masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.