TDPUda "Аjdodlar ruhi doim barhayot" mavzusida maʼrifiy-badiiy tadbir oʼtkazildi

Millatimiz maʼnaviyati va adabiyotining soʼnmas siymolari buyuk mutafakkir, oʼzbek adabiy tilining asoschisi Mir Аlisher Navoiy tavalludining 579 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi yurtimizning barcha muassasa hamda tashkilotlarida keng nishonlanmoqda. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ham "Аjdodlar ruhi doim barhayot" mavzusida maʼrifiy-badiiy tadbir oʼtkazildi. 

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori O.А.Qoʼysinov kirish soʼzi bilan ochib, "Аlisher Navoiyning oʼz davrining buyuk mutafakkiri, soʼz ustasi boʼlishi bilan birga, kishilarga yaxshi soʼz bilan taʼsir eta bilish sanʼatini juda qadrlovchi, ulugʼlovchi, bunday sanʼat ustalariga eʼtibor qilib, ehtirom koʼrsatuvchi shaxs boʼlgan. Navoiy omma oʼrtasida yaxshi nutqning taʼsiri va tarbiyasini chuqur his etgan va oʼzi ham doim amal qilgan. Navoiy insonlarni notiqlikdagi yaxshi va yomon tomonlarni koʼra bilish va ularni farqlay olishga chaqiradi. Navoiy notiqlik sanʼatining buyuk qudratiga alohida eʼtibor beradi", - deya ulugʼ bobokalonimiz merosining yoshlarning hayoti va faoliyatida ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berdi.

Tadbir davomida Maktabgacha taʼlim fakulьteti hamda Oʼzbek tili va adabiyoti yoʼnalishi talabalari va professor oʼqituvchilari tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan kontsert dasturi namoish etildi. 

 

Maktabgacha taʼlim fakulteti

Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari 

Rahmonova Gulrux