«Yil talabasi-2019» tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda

Joriy yilgi tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi vazirlik tomonidan 23-24-fevral kunlari mamlakatimizning eng chekka tumani hisoblangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida o‘tkazilmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan iqtidorli talabalarni aniqlash  va ularni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan “Yil talabasi-2019” respublika tanlovining g‘oliblari aniqlangani haqida ma’lumot bergan edik.

 

Joriy yilgi tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi vazirlik tomonidan 23-24-fevral kunlari mamlakatimizning eng chekka tumani hisoblangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida o‘tkazilmoqda.

 

Kuni kecha tanlov g‘oliblari Nukus shahriga keldi va shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi. Respublikaning 17 ta oliy ta’lim muassasasidan kelgan talabalar dunyoga mashhur I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi bilan tanishdilar.

 

Bugun Mo‘ynoqda «Yil talabasi-2019» tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.