Diqqat! “Zamonaviy universitet kelajak pedagoglarini tayyorlaydi” mavzusida matbuot anjumani bo’lib o’tadi

Anjumanda amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar yuzasidan universitetning yangi tayinlangan  rektori A.Umarov va OAV vakillari o'rtasida ochiq suhbat tashkillashtiriladi. 

Bugun, 24 fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida muassasada kutilayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan “Zamonaviy universitet kelajak pedagoglarini tayyorlaydi” mavzusida matbuot anjumani bo’lib o’tadi. Anjumanda universitetning yangi tayinlangan  rektori A.Umarov amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar to‘g‘risida OAV vakillari bilan ochiq suhbat qiladi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan qo‘yilgan quyidagi muhim masalalar yechimi muhokama qilinishi kutilmoqda:

-         Oliy ta’lim muassasasida korrupsiyasiz ta’limni tashkil etish, ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash;

-         Yetakchi pedagogik oliy ta’lim muassasasi sifatida jamiyatda pedagoglar mavqeini oshirishga o‘z hissasini qo‘shish, sohaga bilimli, iqtidorli yoshlarni jalb qilish.

Shuningdek, anjumanda Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi, xususan, ta’limning 6 yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddatini 3 yil etib belgilash bo‘yicha muassasada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot beriladi.

Matbuot anjumaniga jurnalistlar, blogerlar hamda barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.

Tadbir bugun, 24 fevral kuni soat 15: 00 da Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti asosiy binosida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahri Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 27- uy.