Universitetda “Hamjihatlik formulasi/Uchinchi mingyillik” xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

-  Leonard Eyler nomidagi matematikani qo‘llash-qo‘vvatlash Xalqaro jamg‘armasining rasmiy murojaatiga binoan bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tashkil etilayotgan xalqaro matematika olimpiadasi yoshlarimiz orasidan yangi Xorazmiylarni, Ahmad Farg‘oniy, Beruniy hamda Mirzo Ulug‘bek kabi ilm darg‘alarini kashf etishiga ishonaman, - dedi A.Umarov.

23-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida matematika sohasi bilimdonlarinini birlashtiruvchi “Hamjixatlik formulasi/Uchinchi mingyillik” xalqaro matematika olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning rasmiy ochilish marosimida  universitet rektori  Alisher Umarov so‘zga chiqib, bugungi kunda yurtimizda matematika fanini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

-  Leonard Eyler nomidagi matematikani qo‘llash-qo‘vvatlash Xalqaro jamg‘armasining rasmiy murojaatiga binoan bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tashkil etilayotgan xalqaro matematika olimpiadasi yoshlarimiz orasidan yangi Xorazmiylarni, Ahmad Farg‘oniy, Beruniy hamda Mirzo Ulug‘bek kabi ilm darg‘alarini kashf etishiga ishonaman, - dedi A.Umarov.

Matematika sohasini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilgan mazkur tanlovni tashkil etishda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Leonard Eyler nomidagi matematikani qo‘llash-qo‘vvatlash Xalqaro jamg‘armasi, Petr Velikiy nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti, M. V. Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) federal universiteti, MIREA — Rossiya texnologik universiteti bilan hamkorlik qildi.

Ma’lumot uchun, 2001-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Hamjixatlik formulasi/Uchinchi mingyillik” xalqaro matematika olimpiadasida butun dunyodan 5-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. Joriy yilda olimpiadaning saralash bosqichida 30 ta davlatdan 4000 ga yaqin o‘quvchilar qatnashgan bo‘lib, eng yuqori ball olgan o‘quvchilar yakuniy bosqichga yetib kelgan.

Mazkur xalqaro matematika olimpiadasida yurtimiz o‘quvchilari 2016 yildan buyon ishtirok etib keladi. Shu davrda bir nechta kumush va bronza medallar qo‘lga kiritilgan. Olimpiada Rossiya Federatsiyasi ta’lim vazirligining eng nufuzli olimpiadalar ro‘yxatidan joy olgan bo‘lib, g‘oliblar Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi.

Universitet axborot xizmati