“Bobur kabi seving - Vatanni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Zaxiriddin Muxammad Bubur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan 2020-yil 15-fevral kuni Pedagogika va psixologiya fakulteti tomonidan “Bobur kabi seving - Vatanni” mavzusida ma’naviy -ma’rifiy tadbir bо‘lib о‘tdi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bо‘sh vaqtini mazmunli  tashkil etish bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Zaxiriddin Muxammad Bubur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan 2020-yil 15-fevral kuni Pedagogika va psixologiya fakulteti tomonidan “Bobur kabi seving - Vatanni” mavzusida ma’naviy -ma’rifiy tadbir bо‘lib о‘tdi. Tadbirda О‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari,  О‘zbekiston xalq artistlari Yoqub Ahmedov, Tо‘tixon Yusupova, Tesha Mо‘minov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlari Xojiakbar Komilov, Zuhra Ashurova, О‘zbekiston Davlat konservatoriyasi “Maqom xonandaligi” kafedrasi dotsentlari, О‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, О‘zbekiston xalq xofizi Erkinboy Rо‘zimatov,  О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artist Nodira Pirmatova, xonanda Mohichehra Shomurotova, Nizomiy nomidagi TDPU Yoshlar bilan ishlash bо‘yicha prorektor O.A.Qо‘ysinov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i N.M.Musayeva, Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani X.SH.Qodirov, Yoshlar bilan ishlash bо‘yicha dekan о‘rinbosari D.Abdullayeva, universitet professor-о‘qituvchilari va 350 nafar talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori O.А.Qoʼysinov  ochib berdi. О‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, О‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov, О‘zbekiston xalq artisti Tо‘tixon Yusupova, О‘zbekiston xalq artisti Tesha Mо‘minov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlar Xojiakbar Komilov, Zuhra Ashurovalarning chiqishlari, ijro etgan sahna kо‘rinishlari talabalarda katta taassurot uyg‘otdi. 

О‘zbekiston Davlat konservatoriyasi “Maqom xonandaligi” kafedrasi dotsentlari, О‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, О‘zbekiston xalq xofizi Erkinboy Rо‘zimatov,  О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artist Nodira Pirmatova, xonanda Mohichehra Shomurotova, tomonidan jonli ijroda yangragan qо‘shiqlar talaba yoshlarga zavq bag‘ishladi. Tadbirda Bobur g‘azallari va ruboiylari, ibratli hayot yо‘llaridan lavhalar talabalar tomonidan ijro etildi.  

Tadbir sо‘nggida fakultet dekani X.SH.Qodirov tashrif buyurgan mehmonlarga hamda tadbir ishtirokchilariga о‘z minnatdorchiligi bildirdi, mehmonlarga estalik sovg‘alari taqdim etildi.

Pedagogika va psixologiya fakulteti 

Yoshlar bilan ishlash bо‘yicha dekan о‘rinbosari

D.Abdullayeva