TDPU Litva universiteti bilan hamkorlik qiladi

Litvaning Shyaulyay universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash, STEM dasturi bo‘yicha aloqalarni rivojlantirish va hamkorlikda doktorantura ta’limini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Bugun, 25 fevral universitetda Litvaning Shyaulyay universiteti rektori Darius Shyauchyunas hamda Vilnyus universiteti vakili Arturas Salitis mehmon bo‘ldi.

Mehmonlarni rektor A.Umarov kutib oldi va universitet hayoti, ta’lim jarayoni, boy axborot resurs markazi bilan tanishtirdi. Muzokaralar jarayonida Shyaulyay universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash, STEM dasturi bo‘yicha aloqalarni rivojlantirish va hamkorlikda doktorantura ta’limini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Litva Ta’lim, fan va sport vazirligi delegatsiyasi yurtimizda bo‘lib, sohalar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganmoqda.