TDPU eng mashhur universitetlar reytingida kuchli uchlikdan joy oldi

UniRank ma’lumotlariga ko‘ra 2020 yilda O‘zbekistondagi eng yaxshi 3 ta universitet:

1. Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti

2. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

3. Toshkent davlat pedagogika universiteti

UniRank tarmog’I  O‘zbekistondagi eng mashhur universitetlar reytingini tuzdi. 2020-yil uchun UniRankning quyidagi tanlov mezonlariga javob beradigan 65 ta oliy o‘quv yurtlari reytingi e’lon qilindi:

-          Mamlakatning oliy ta’limga ixtisoslashgan tegishli tashkiloti tomonidan litsenziyalangan va akkreditatsiyadan o‘tganligi;

-          Kamida to‘rt yillik bakalavr yoki magistr darajalariga ega bo‘lgan dasturlarni taklif qilish;

-          Asosan an’anaviy va onlayn ta’lim formatlarida kurslar o‘tkazish.

UniRankning maqsadi mustaqil veb-tahliliy manbalar tomonidan taqdim etilgan (universitetlarning o‘zlari taqdim etgan ma’lumotlarga emas) ishonchli, ob’ektiv veb-ko‘rsatkichlarga asoslanib, O‘zbekistondagi eng yaxshi universitetlarning akademik bo‘lmagan reytingini aniqlash edi. UniRankning hozirgi reytingi turli xil veb-tahlil manbalaridan olingan 5 ta ob’ektiv va mustaqil ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan algoritmga asoslanadi: Moz Domain Authoriti, Alexa Global Rank, SimilarVeb Global Rank, Majestic Referfer Domains va Majest Trust Flov.

UniRank ma’lumotlariga ko‘ra 2020 yilda O‘zbekistondagi eng yaxshi 10 ta universitet:

1. Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti

2. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

3. Toshkent davlat pedagogika universiteti

4. Toshkent moliya instituti

5. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

6. O'zbekiston Milliy universiteti

7. Samarqand davlat tibbiyot instituti

8. Toshkent tibbiyot akademiyasi

9. Termiz davlat universiteti

10. Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti

2020-yil uchun O'zbekistondagi eng yaxshi universitetlarning to'liq ro'yxati bilan quyidagi havolada tanishish mumkin: https://www.4icu.org/uz/.