TDPU “Psixologiya o’quv-ilmiy markazi” yurtimizda yagona zamonaviy diagnostika asbob-uskunalar bilan jihozlandi

Markazda EEG, EEG +BOS trening,  BAK terapiya, Biofeedback trening, NS – Psixotest psixofiziologik+psixologik diagnostika kompyuter dasturiy ta’minoti xizmatlari orqali insonning miya faoliyati, uning  tashqi tasirga nisbatan ichki va tashqi jabovlari, salbiy va ijobiy imkoniyatlari haqida to‘liq va aniq malumotga hamda yetuk mutaxassislar tomonidan psixologik tavsiyalarga ega bo‘lish mumkin.

Oliy ta’limda nazariyadan amaliyotga o‘tish, fanlarni amaliyot bilan birga rivojlantirish davrning muhim talabi bo‘lib qolmoqda. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Jahon banki, Akademik innovatsiyalar fondi  va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlik granti asosida tashkil etilgan “Psixologiya o’quv-ilmiy markazi’ psixologiyaning amaliy masalalari bilan shug‘ullanish maqsadida eng so‘nggi zamonaviy psixofiziologik diagnostika va korreksion asbob-uskunalar, sensor moslamalar bilan jihozlandi.

Markazda EEG, EEG +BOS trening,  BAK terapiya, Biofeedback trening, NS – Psixotest psixofiziologik+psixologik diagnostika kompyuter dasturiy ta’minoti xizmatlari orqali insonning miya faoliyati, uning  tashqi tasirga nisbatan ichki va tashqi jabovlari, salbiy va ijobiy imkoniyatlari haqida to‘liq va aniq malumotga ega bo‘lish hamda yetuk mutaxassislar tomonidan psixologik tavsiyalarga ega bo‘lish mumkin.

Xo‘sh, EEG o‘zi nima?

Elektroansefalogram (EEG) –Bosh miya neyronlarining elektr aktivligini va bosh miya terisining o’tkazuvchanligini tekshiradi. Miya faoliyatini elektr impulslari shaklida qayd etib, olingan ma'lumotlarni maxsus uskuna yordamida qayta ishlaydi. Shu bilan birga amaliy psixologiyada EEG bir qator nevrologik va psixosomatik kasalliklarni aniqlashda foydalaniladi. EEGda bir qator xarakterli o’zgarishlar mavjud, bu ma’lumot kasallik belgilari va bemorlarni davolashning o’z vaqtida aniqlash va korreksiya qilish imkonini beradi.

Ma’lumki, bolalarda psixik va kognitiv soha rivojlanishi har doim ham barqaror bo’lmaydi. EEG qurilmasi miya faoliyatidagi alfa va beta to’lqinlarini korreksiyalash orqali ularga o’zlaridagi biologik qayta aloqa yordamida o‘z his-tuyg'ularini boshqarishni o'rganishga yordam berish, diqqatni ongli ravishda jamlash va yangi ma'lumotlarni o'zlashtirishda yaxshi samara beradi. Markazda, shuningdek, psixologik testlar o‘tkazish, natijalarni statistika qilish imkoniyati ham mavjud.

TDPU “Psixologiya o’quv-ilmiy markazi’da quyidagi psixologik kasalliklar diagnostikasini amalga oshirish imkoniyati mavjud:

·psixo-emotsional kasalliklar;

·o'rtacha aqliy zaiflik;

·nevroz;

·tushkunlik;

·Uyqu buzilishi;

·vahima hujumlari;

·giperaktivlik va diqqat etishmovchiligining buzilishi;

·aqliy nogironligi aniqlanmaydigan nogironlik o'rganish;

·kekkayish;

·yozishni rivojlantirishdagi kamchilik (yozish ko'nikmalarini o'zlashtirishda qiyinchiliklar - so'zlarni yozish va fikrlarni ifodalash);

·o'qish qobiliyatining rivojlanishidagi kamchilik;

·epilepsiyaning ba'zi shakllari;

·enurez;

·bosh og'rig'i;

·ensefalopatiya, neyroinfektsiyaning oqibatlari;

·serebrostenik sindrom;

·psixosomatik kasalliklar: bronxial astma, ekzema, dermatit va boshqalar.

Markazda tashkil etiluvchi Psixoemotsional biofeedback bo'yicha trening stress va psixoemotsional zo‘riqishning oldini olishda juda yaxshi samara beradi. Trening sog'lom bolalar va kattalar uchun kuchli emotsional, aqliy zo'riqish davrida va juda ko’p uchraydigan psixosomatik kasalliklarda bundan tashqari imtihonlar, universitetga kirish, yashash joyini o'zgartirish, ota-onalarning ajrashishi va boshqalar kabi holatlarda tavsiya etiladi.