Innovatsion pedagogika qо‘shma fakultetida "Besh tashabbus" doirasida ijodiy kecha о‘tkazildi

О‘zbek-Belarus Innovatsion pedagogika qо‘shma fakulteti tomonidan 5 tashabbus doirasida talabalar turar joyida taniqli aktyorning ijodiy kechasi о‘tkazildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti О‘zbek-Belarus Innovatsion pedagogika qо‘shma fakulteti 5 tashabbus doirasida О‘zbekiston davlat satira teatrining taniqli aktyori, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Abdusamad Jо‘raboyevning ijodiy kechasi о‘tkazildi.

Tadbirga Musiqiy ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti Davron Qobilovich Qodirov, universitetning professor-о‘qituvchilari, 5-,7-,8- va 9- sonli talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar taklif etildi. Tadbir 7-sonli talabalar turar joyining ma’naviyat-ma’rifat xonasida о‘tkazildi. Tadbir davomida ustoz aktyor Abdusamad Jо‘raboyev о‘z ijodini Vatan va О‘zbekiston xalqi uchun xizmat qilishga bag‘ishlaganligi haqida tо‘xtalib о‘tdi.

Tadbir davomida Musiqiy ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti, Davron Qobilovich Qodirov о‘z qо‘shiqlari bilan tadbirga о‘zgacha fayz kiritdi. Ijodiy uchrashuv qо‘shiq va hajviyalarga ulashib, talabalar uchun maroqli о‘tdi. Mehmonlar uchrashuvga taklif etilgan talabalar va professor-о‘qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Ushbu tashkil etilgan tadbir talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonini samarali yо‘lga qо‘yish, ularning bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tkazishga yо‘naltirilgan edi.