Kanadada grant asosida o'qish uchun tanlov e'lon qilindi

Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 2020-yil 31-mart.

Kanada universitetlarida 2020-2021-o'quv yili uchun o'qish dasturi doirasida stipendiyalar tanlovi e'lon qilindi.

Ushbu dasturga murojaat etuvchilar talab etilgan hujjatlarni taqdim etishlari, suhbatdan o'tishlari, shuningdek ma'lum talablarga javob berishlari kerak.

Dasturda qatnashish shartlari va arizalarni yuborish tartibi to'g'risida to'liq ma'lumotni quyidagi veb-saytda olishingiz mumkin: http://www.educanada.ca/scholarships-bourses/.

Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 2020-yil 31-mart.

Tanlov natijalariga ko'ra ijobiy natijaga ega bo'lgan taqdirda, talabgor TDPU bilan o'qishni tugatgandan so'ng ma'lum vaqt ichida universitetda ishlash uchun shartnoma tuzishi kerak. Onlayn arizalarni muvaffaqiyatli to’ldirgan nomzodlardan xalqaro hamkorlik bo'limiga 210-xonaga murojaat qilishlarini hamda hujjatlar nusxalarining ro'yxatdan o'tganligini tasdiqlatishlarini so'raymiz.