TDPU talabalari tabiiy fanlar bo'yicha xalqaro olimpiada g’olibi bo’ldi

Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universitetida 2020-yil 28-29-fevral kunlari MDH davlatlari pedagogika universitetlari talabalari o'rtasida tabiatshunoslik disseptinlari bo'yicha xalqaro olimpiada bo'lib o'tdi.

Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universitetida 2020-yil 28-29-fevral kunlari MDH davlatlari pedagogika universitetlari talabalari o'rtasida tabiatshunoslik disseptinlari bo'yicha xalqaro olimpiada bo'lib o'tdi.

Olimpiadaning maqsadi: intellektual rivojlanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlarning kasbiy o'sishi va o'qituvchilik kasbini ommalashtirish.

Olimpiadada Moskva shahar pedagogika universiteti, Moskva davlat universiteti, O'sh davlat universiteti, Tojikiston milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Qo'qon davlat pedagogika instituti, Andijon davlat universiteti va Qozog'iston Respublikasi universitetlari ishtirok etdi.

Olimpiada ingliz va rus tillarida bo'lib o'tdi.

Nizomiy nomidagi TDPU ning Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi:

1. Tulagonov D. - "Biologiyani o'qitish metodikasi" 204 guruh talabasi

2. Pukarov A. - 303 guruh talabasi "Biologiyani o'qitish metodikasi".

3. Abduraxmonov M. - 401 guruh talabasi “Geografiyani o'qitish metodikasi”.

Zoologiya va anatomiya kafedrasi mudiri G. Shaxmurova boshchiligidagi jamoamiz faxrli 2-o'rinni egalladi.

TDPU 3-kurs talabasi A. Pukarov pedagogika universitetlari talabalari o'rtasida o'tkazilgan tabiiy fanlar bo'yicha xalqaro olimpiadaning "Eng yaxshi kimyogar" nominatsiyasida g’olib bo’ldi.

Talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelajakda omad tilaymiz.