Universitet 80 yoshda

Respublikamizning ta`lim tizimiga pedagog kadrlarni tayyorlab berayotgan Nizomiy nomidagi TDPU 2015 yilda 80 yillik yubileyini nishonlaydi. Yubileyni munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha tashkiliy-amaliy, madaniy-ma`rifiy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot ishlarini aniq reja asosida tashkil etish talab etiladi.

Tafsilot

Qisqacha

Respublikamizning ta`lim tizimiga pedagog kadrlarni tayyorlab berayotgan Nizomiy nomidagi TDPU 2015 yilda 80 yillik yubileyini nishonlaydi. Yubileyni munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha tashkiliy-amaliy, madaniy-ma`rifiy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot ishlarini aniq reja asosida tashkil etish talab etiladi.

Batafsil

Respublikamizning ta`lim tizimiga pedagog kadrlarni tayyorlab berayotgan Nizomiy nomidagi TDPU 2015 yilda 80 yillik yubileyini nishonlaydi. Yubileyni munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha tashkiliy-amaliy, madaniy-ma`rifiy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot ishlarini aniq reja asosida tashkil etish talab etiladi. Shu munosabat bilan, universitet kengashining 2013 yil 29 avgustdagi “Universitetning 80 yillik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi 1/3.9-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan, universitetning 80 yillik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi hamda yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha tashkiliy guruh tarkibi tasdiqlandi. Universitetning 80 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko’rish yubiley shtabi tuzildi va unga universitetning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha prorektori mas`ul etib belgilandi. Shtabda universitet (institut)ning tashkil etilishi, o’tgan 80 yillik faoliyati, pedagogik jamoaga raxbarlik qilgan rektorlar, mamlakatimizda pedagog kadrlarni tayyorlashga butun umrini va mehnatini sarflagan professor-o’qituvchilarni yaqindan biladigan, ular bilan birga mehnat qilgan pedagog-ustozlar faoliyat olib bormoqdalar. Bugungi kunda universitet shtabi qoshida quyidagi ishchi guruhlar faoliyati yo’lga qo’yilgan: 1. Yubileyni o’tkazish bilan bog’liq me`yoriy hujjatlarni tayyorlash guruhi 2. “Nizomiy nomidagi TDPU - 80 yoshda” nomli yubiley kitobi hamda universitet faoliyatiga bag’ishlangan o’zbek va rus, ingliz tillarida nashr etiladigan buklet va tarqatma materiallarni tayyorlovchi guruh – 3. Yubiley emblemasi hamda yubiley emblemasi aks etgan ko’krak nishonini tayyorlovchi guruh 4. O’quv-moddiy bazani mustaxkamlash ishlarini tashkil etuvchi guruh 5. Universitetni obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, kapital va joriy ta`mirlash ishlarini olib boruvchi guruh 6. Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferentsiyalar o’tkazish, taklifnoma, dasturlarni tayyorlash, “Eng yaxshi monografiya”, “Eng yaxshi ilmiy to’plam” ko’rik-tanlovlarini tashkil etish guruhi 7. Universitet yubileyiga bag’ishlangan “Eng yaxshi darslik”, “Eng yaxshi o’quv qo’llanma”, “Eng yaxshi ma`ruza matni” ko’rik-tanlovlarini tashkil etish va o’tkazish guruhi 8. Yubileyga bag’ishlangan ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etuvchi guruh 9. Universitet tarixi muzeyini yangi materiallar bilan boyitish, yubiley ko’rgazmalarini tashkil etish guruhi 10. Yubiley munosabati bilan ta`lim muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, shuningdek homiy tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtiruvchi guruh 11. Respublika ommaviy axborot vositalari bilan ishlash (yubileyga bag’ishlangan turkum maqolalarni chop ettirish, ko’rsatuv va eshittarishlarni tayyorlash) guruhi 12. Yubiley materiallarini axborot tizimlariga joylashtirish guruhi 13. Faxriy professor-o’qituvchilar bilan ishlovchi guruh 14. Rag’batlantirish fondini shakllantirish va esdalik sovg’alarni tayyorlash masalalari bilan shug’ullanuvchi guruh 15. Yubileyga bag’ishlangan “Nizomiy dilbandlari” kitobini yaratish va nashrdan chiqarish 16. 2014 yil yanvar oyidan boshlab universitet nashriyotida chop etiladigan materiallarni “Universitetning 80 yilligiga bag’ishlanadi” rukni ostida chiqarish 17. Universitet yubileyiga bag’ishlangan fikr-mulohazalarni o’rganib borish uchun “Universitet yubileyiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish bo’yicha fikr-mulohazalar qutisi”ni tashkil etish, takliflarni universitet shtabiga taqdim etib borish 18. 80 yillik yubileyiga taklif etiladigan mehmonlar ro’yxatini shakllantirish guruhi 19. Media mahsulotlarini tayyorlovchi guruh Yubiley shtabi yig’ilishi har juma kuni soat 14.30 da universitet muzeyining taqdimot o’tkazish xonasida bo’lib o’tadi, universitet yubileyiga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha takliflar bilan ishtirok etishingiz mumkin.