Rektor tashrifidan so‘ng: universitet binolari, talabalar turar joyidagi mavjud kamchiliklar bartaraf etildi

Rektor A.Umarov  fevral oyida universitet binolari hamda talabalar turar joylarida bo‘lib, mavjud holat hamda shart-sharoitlar bilan tanishgan edi. Ushbu tashrif davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi.

 

Rektor A.Umarov  fevral oyida universitet binolari hamda talabalar turar joylarida bo‘lib, mavjud holat hamda shart-sharoitlar bilan tanishgan edi. Ushbu tashrif davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi. Rektor ko'rsatmasiga binoan kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish bo'yicha aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi:

´  Har bir talabalar turar joyi binosining umumiy sig‘imidan kelib chiqqan holda  issiqlik ta’minoti  tizimiga issiqlik energiyasi hamda issiq suvning uzluksiz ta’minoti uchun yuqori bosimda haydovchi nasos qurilmasi, issiqlik o‘lchov monometrlari hamda issiqlik tarmog‘iga teploobmennik o‘rnatildi. Natijada, 9 qavatli talabalar turar joyining yuqori qavatlari ham issiq suv hamda isitish tizimi bilan ta’minlandi.

´  Barcha TTJ binolarida issiqlik energiyasi bir tizimda ishlashi yo‘lga qo‘yildi. Bino qavatlari xonalarining issiqlik energiyasi normal holatga keltirildi. 

´  O‘quv binolaridagi mavjud burchak yacheykalaridagi hujjatlar qayta shakllantirildi. Talabalar turar joyi binosining barcha qavat va xonalarida texnogen holatlarda harakatlanish  chizma xaritalari tezkorlik bilan qayta nashrdan chiqarilib, belgilangan joylarga o‘rnatildi.

´  7-talabalar turar joyida ishchi-xodim va yong‘in o‘chirish texnik komissiyasi a’zolariga FVB xodimlari tamonidan  “Birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foylananish ” mavzusidagi amaliy seminar tashkil qilindi. Seminarda  Yakkasaroy tumani FVB katta leytenanti D.Maxkamboev, FVB leytenanti I.Maxamadzikirov,  FVB katta serjant Sh.Xalilov, universitet bosh muhandisi E.Meyliev, fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i R.T.Yuldashev, yong‘in inspektori B.Matchonov va universitet  ko‘ngilli o‘t o‘chirish guruhi a’zolari ishtirok etishdi. Amaliy seminarda yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot hamda Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yong‘inlar, va yong‘inni olidini olishga  oid videorolik namoyish etildi.

´  26-fevral sanasida universitet mas’ul rahbar va ishchi-xodimlari tomonidan tashqi va ichki kanalizatsiya quvurlarining barchasi nazorat ko‘rigidan qayta o‘tkazildi.   3-o‘quv binosidan chiquvchi kanalizatsiya quvurlarning 135 metr, 1-2 o‘quv binolaridan chiquvchi kanalizatsiya quvurlarining  118 metri tozalandi.  Maxsus plastik yopqich bilan mahkamlandi.

´  26-fevral sanasida 1-2-3-o‘quv binolari yerto‘la qismidagi yo‘lak va xonalar ortiqcha jihozlardan tozalandi. Barcha ikkilamchi yaroqsiz, hisobdan chiqarilgan jihozlardan tozalash ishlari amalga oshirildi.

´  Bosh energetik M.O‘razov rahbarligida chiroq ustalari tomonidan yoritish tizimidagi nosozliklar bartaraf qilindi, chiroqlar yangisiga almashtirildi.

´  Universitet rahbarining binolarga tashrifi davomida qavat xonalaridagi isitish tizimlarining bir me’yorda ishlamayotganligi aniqlangan edi. 27 fevral sanasida 1-o‘quv binosining yerto‘la qismidagi sport zal inshooti bilan bog‘lab turuvchi issiqlik tizimidagi ventelning yarim ishchi holatda ekanligi aniqlanib, kunning birinchi yarmida bartarf etildi.                   

´  2-o‘quv binosining yerto‘lasi chap qanotidagi 2 ta issiqlik tizimi stoyaklarida havo yig‘ilishi hisobidan ishlamasligi aniqlanib, ishchi holatga keltirildi. Issiqlik tarqatish uzelidagi nosoz venteldagi kamchilik bartarf qilindi.

´  mavjud o‘quv binosi yerto‘la qismida kimyo-biologiya laboratoriyasiga tegishli bo‘lgan jihozlarni tartibli va manzilli joylashtirish bo‘yicha prorektor B. Sobirov, dekan  Q. Saparov, kafedra mudiri va bosh muhandis, texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshliqlari muzokara o‘tkazib, ushbu bino yerto‘lasida maxsus xona ajaratish va temir shkaflardan foydalangan holda joylashtirishga kelishib olindi. Shu bilan birga 1-o‘quv binosi yerto‘lasidagi laboratoriya jihozlarini ko‘chirib o‘tkazish masalalari hal etildi.