Talabalar bilan Startap-loyihalarga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun, 5-mart kuni universitetimiz anjumanlar xonasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bosh prokuratura departamenti vakillari ishtirokida “START UP” loyihalarini yaratishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida uchrashuv ishtirokchilari "StartUp" tanlovining universitet bosqichida ishtirok etuvchi iqtidorli talaba-yoshlar va tayanch doktorantlarning  taklif etayotgan loyihalari bilan tanishdilar. 

Uchrashuvda startap-loyihalar nima ekanligi, ularni yaratish, tanlovda qatnashish shartlari haqida ma'lumotlar berildi. Universitet talabalari orasidan o'z startap-loyihalariga ega bo'lgan bir necha nafar yoshlarning ishlari o'rganildi. Yosh startaper talabalar o'z loyihalarini yaxshi darajada yoritib berishdi. 

Rektor tomonidan talabalarga “Korreksion psixologiya markazi”, “Talabalar klinikasi”, “Bolalar uchun animatsion muzey” kabi START UP g‘oyalarini yaratish kabi bir qator takliflar berildi.

Tadbir so‘ngida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning mutaxassisi, Toshkent davlat pedagogika universitetiga START UP loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha biriktirilgan mas’ul xodim O.Mamatmurodov ishtirokchilarga tanishtirildi.  Biznes g‘oya va startaplarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishildi.

Startap tanlovida ishtirok etish niyatidagi talabalarimizga ideal g'oyalarining muvaffaqiyatli amalga oshishini tilab qolamiz.