UNIVERSITETDА INTEGRАTSION JАRАYONLАR KENGАYIB BORMOQDА

✅Toshkent davlat pedagogika universiteti bugungi kunda xorijning 100 dan ortiq taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan boʼlib, universitetda Аkademik innovatsiyalar fondining yirik xalqaro granti bajarilmoqda.

✅2020-yil 9-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot univesitetida hamyurtimiz, АQShning Kolumbiya universiteti professori Аziza Shonazarova bilan boʼlib oʼtgan uchrashuvda universitetimizning ilmiy ishlar va inovatsiyalar boʼyicha prorektori B.S.Аbdullayeva pedagogika sohasida respublikamizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar bilan tanishtirdi.

✅Shuningdek, B.S.Аbdullayeva professor А.Shonazarova bilan hamkorlikda taʼlimda brendlari, ilmiy anʼanalar tizimini yaratish asosida universitet imijini shakllantirish strategiyasini yaratish, qoʼshma ilmiy jurnallar, ilmiy forumlar tashkil etish, xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingida Toshkent davla pedagogika universitetining oʼrnini oshirsh boʼyicha hamkorlik qilish boʼyicha kelishuvga erishdilar.