Texnologik ta'lim fakulteti, G'ALABA muborak!

2020-yil mavsumi G'OLIBI "Tavakkal" jamoasi

Toshkent davlat pedagogika universiteti Maʼnaviyat boʼlimi va Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan anʼanaviy tarzda oʼtkazilib kelayotgan "Quvnoqlar va zukkolar" jamoalari o'rtasida "Rektor kubogi-2020" koʼrik tanlovi boʼlib oʼtdi.

Yumor hamda qiziqarli chiqishlarga boy bo'lgan tanlov natijalariga koʼra fakultetlar jamoalari quyidagi natijani qoʼlga kiritishdi:

Texnologik taʼlim fakultetining "Tavakkal” jamoasi 10,2 ball bilan 1-oʼrinni egallab, "Rektor kubogi-2020"ni qoʼlga kiritdi;

Maxsus pedagogika fakulьtetining "Elegant” jamoasi 9,3 ball bilan 2-oʼrin;

Harbiy taʼlim fakultetining "Аvtoritet” jamoasi 9,2 ball bilan 3-oʼrin;

Maktabgacha taʼlim fakultetining "Yesa-yemasa" jamoasi esa 8,1 ball toʼpladi;

Tabiiy fanlar fakultetining "Tabiiy kulgu" jamoasi 7,0 ballni qoʼlga kiritdi.

"Rektor kubogi-2020"ni qo'lga kiritgan Texnologik taʼlim fakulteti jamoasi hamda ularning muxlislarini ushbu gʼalaba bilan chin koʼngildan tabiriklaymiz va o'qish hamda ijodiy ishlarida omad tilab qolamiz!