QO‘LYOZMALARDA PINHON MOZIY HIKMATLARINI O‘RGANISH YO‘LIDA

Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash yo‘sinida ulkan ishlar amalga oshirildi va bu ezgu ishlar hanuz izchil davom qildirilmoqda. Jumladan: • buyuk allomalar, aziz-avliyolarimiz ilmiy-nazariy, diniy-irfoniy va ma’naviy-madaniy meroslari har tomonlama chuqur o‘rganilib, keng targ‘ib etildi. • muqaddas qadamjolarni obod qilish, yosh avlodni ajdodlarimiz ezgu an’analari ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.

Chunki, moddiy va nomoddiy meroslarimizni o‘rganishning siyosiy-huquqiy asoslari yaratildi. Jumladan, 2017 yil 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.Ma’lumki, jumhuriyatimiz mustaqillikka erishgandan keyin hayot bizni madaniy meros tomon to‘la burilishga undadi. Bizning madaniy merosimizni qo‘lyozma va toshbosma asarlar tashkil etadi. Xalqilizning ma’naviy hayotida tub burilish yuz berib turgan bir paytda, Oliy o‘quv yurtlari oldiga maktablar uchun har tomonlama yetuk va layoqatli mutaxassislar yetkazib berish talabi qo‘yilayotgan jarayonda bo‘lgusi ona tili va adabiyoti o‘qituvchisininig ilmiy-nazariy va madaniy jihatdan yuksak saviyada bo‘lishlariga, ayniqsa, alohida e’tibor berish lozim. Bu jarayonda yuqorida ta’kidlangan manbalardan ijodiy foydalanish, ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga jalb etish ijobiy natijalar beradi. Biz Nizomiy nomidagi TDPU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi qoshidagi “Sirli yozuv” to‘garagi faoliyati misolida bunga yanada ishonch hosil qilishimiz mumkin.