PIRLS nima, foydasi qanday, so'nggi yillardagi natijalar

Dunyo davlatlari ta'lim tizimlari o'zaro uyg'un holda rivojlanishi uchun turli mamlakatlarning ta'lim tizimlarini baholashning umumiy dasturlari yaratilgan Shunday dasturlardan biri bu PIRLS. PIRLS - (Progress in International Reading Literacy Study — xalqaro o‘qish savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) — bu turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir.

Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning oxirgi 2016-yilgi tadqiqotlari natijalariga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Sodda tilda aytganda, PIRLS - o‘quvchilar­ning matnni o‘qish va tushunish daraja­sini baholash. PIRLS va boshqa ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi, degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:

1.Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini beradi;

2. Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi;

3. Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

4. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi.

5. O'zbekistonda turli tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o'tkazish madaniyati rivojlanadi, ta'lim sifati xalqaro baholash standartlariga moslashadi;

6. Milliy ta'lim sifatini baholashdagi nazorat materiallarini xalqaro tadqiqotlarda qo'llaniladigan nazorat materiallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini beradi.

PIRLS tadqiqotida o'quvchilar dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida ishlatadigan o'qishning ikki turi baholanadi:

1) o'quvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida o'qish ;

2) ma'lumotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish.

Tadqiqotning konseptual qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion (ilmiy ommabop ) matnlarni o'qiyotganda o'qish qobiliyatining to'rtta guruhi baholanadi:

aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish;

xulosalarni shakllantirish;

ma'lumotlarni talqin va sintez qilish;

mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.

Natijalarni baholash tartibi PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim qo'llaniladi:

- javobni tanlash usulidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;

- mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;

- erkin javob berishg kerak bo'lgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1 balldan 3 ballgacha baholanadi.

Natijalarni yakuniy qayta ishlash uchun zamonaviy sinov nazariyasi qo'llaniladi. PIRLS 2011 PIRLS 2011 tadqiqotida 45 mamlakatdan 325000 o'quvchi qatnashdi. Rossiyadan, PIRLS-2011 tadqiqotida mamlakatning 42 mintaqasidagi 202 ta ta'lim muassasalarining 4461 boshlang'ich maktab bitiruvchilari qatnashdilar.

An'anaga ko'ra, tadqiqotlarda Angliya, Shimoliy Irlandiya, Belgiyaning fransuz tilida so'zlashuvchi qismi va Gonkong mustaqil ishtirokchilar sifatida qatnashdi, chunki ularning ta'lim tizimi sezilarli farqlarga ega. Tadqiqotda ishtirok etuvchi har bir mamlakatning 150-200 maktabidan 4000 ga yaqin o'quvchilar qatnashgan. 2011 yil ma'lumotlariga ko'ra Gonkong, Rossiya, Finlyandiya va Singapurda o'quvchilar o'qishni yaxshi o'zlashtiradilar.

Ushbu davlatlarning to'rtinchi sinf o'quvchilari barcha ishtirok etgan boshqa davlatlar orasida eng yaxshi natijalarni ko'rsatdilar. Ushbu mamlakatlarning o'rtacha ballari orasidagi farq unchalik katta emas. Boshqa ishtirokchi davlatlarning natijalari yetakchi to'rt mamlakatning natijalaridan ancha past.

Rus o'quvchilarining o'rtacha balli 568. PIRLS tadqiqotlarining 4 martalik natijalari:

PIRLS 2001: 1)Shvetsiya - 561 ball 2)Niderlandiya - 554 ball 3)Angliya - 553 ball

PIRLS 2006: 1)Rossiya - 565 2)Gonkong - 564 3)Kanada - 560

PIRLS 2011: 1)Gonkong - 571 2)Rossiya - 568 3)Finlandiya - 568

PIRLS 2016: 1)Rossiya - 581 2)Singapur - 576 3) Gonkong - 569

2021 yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan PIRLS baholash tizimi o'qishning asosini qamrab oluvchi keng qamrovli maqsadlarga asoslangan - adabiy tajriba, ma'lumot olish va undan foydalanish, Internetda ma'lumot qidirish. PIRLS o'qish ta'limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLSdan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar: Global miqyosida ta'lim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib borish; Yangi yoki qayta ko'rib chiqilgan ta'lim siyosatining ta'sirini kuzatib borish; Ta'limning zaif nuqtalarini belgilash va o'quv islohotini amalga oshirish; PIRLS ma'lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o'qitish va o'qishni takomillashtirish; Adolatlilikni kuzatish yoki qo'shimcha sinflarda o'quvchilarni baholash kabi tegishli ishlarni olib borish; O'qishni va o'qitishni o'rganish.