TOSHKENT SHAHRIDAN QAYTADIGAN TALABALAR CHIPTALARIGA 50 FOIZGACHA CHEGIRMA BERILADI

OTMlarda joriy yilning 16- 18 mart kunlari kо‘chma kassalar tashkil qilinmoqda.

2020 yilning 16 mart kunidan О‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM) bakalavriat va magistratura talabalari uchun 2 haftalik ta’til e’lon qilindi. Toshkent shahridan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yо‘llari va samolyotlarda 50 foizgacha chegirma berilishi haqida 15 mart kuni bо‘lib о‘tgan maxsus brifingda О‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda talabalarni ta’tilga kuzatish uchun ularning о‘qish joylariga yaqin OTMlarda joriy yilning 16- 18 mart kunlari kо‘chma kassalar tashkil qilmoqda.

Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari uchun kо‘chma kassalar TDPU bosh binosida (Chilonzor metrosi oldida16 mart kuni soat 14.00dan boshlab xizmat kо‘rsatadi.

Qulaylik uchun ushbu kassalardan Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutiToshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalari ham chiptalarni sotib olishlari mumkin.

Chiptalarni xarid qilishda talabalik guvohnomasi va pasport taqdim etilishi sо‘raladi.

Kassalarga kо‘plab talabalar kelishi kutilayotganligi sababli talabalardan tartib va intizomni saqlash, kassa xodimlari va OTMlardan biriktirilgan vakillari bilan о‘zaro hurmat va xushmuomala bо‘lish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, niqob taqish, qо‘l berib sо‘rashmaslik, qо‘llarni tez-tez sovunlab yuvib turish tavsiya etiladi.