Universitetda tashkil etilgan shtab tashkiliy masalalar yuzasidan tezkor yig'ilish o'tkazdi

15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va ta'lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash yuzasidan respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorga ko'ra, 2020-yilning 16-mart kunidan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy ta'lim muassasalari uchun 2 haftalik ta'til e'lon qilindi. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu chora-tadbirlar yuzasidan, Toshkent davlat pedagogika universitetida shtab tuzildi. Shtabning bugungi erta tongdan boshlangan yig’ilishida, talabalarning ta’tilga chiqishi bilan bog‘liq tashkiliy ishlar bo’yicha, universitet rektori tomonidan ko’rsatmalar berildi. Boshqa viloyatlardan kelib, Toshkent shahrida tahsil olayotgan talabalar avtobus, poyezd va samolyotlarda doimiy yashash joylariga qaytishi uchun ko’chma kassalar tuzish ishlari olib borilmoqda.