Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim talabalari diqqatiga!!!

✅Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim talabalariga 2020-yil 16-martdan ikki hafta ta'til berilishi munosabati bilan o‘quv jarayoni masofadan turib on-layn (videoma'ruzalar, konsultasiyalar, nazorat turlarini o‘tkazish) va off-layn (masofadan turib o‘qitish tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) rejimida tashkil etiladi.

✅Talabalar talaba.tdpu.uz elektron platformasiga kirgan holda, shaxsiy kabinetlari orqali fan o‘qituvchilari tomonidan taqdim etilgan topshiriq va ko‘rsatmalar bilan tanishib borishlari mumkin.