TDPUda Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan masofaviy xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi

El-yurtimizning urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va qahramonligi biz uchun ulkan jasorat maktabi, g‘urur-iftixor manbai bo‘lib, vaqt o‘tgani sayin bu o‘lmas qadriyatlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shuning uchun har yili 9 may — G‘alaba bayrami mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi.

Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirilib, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik ko‘rsatgan faxriylarimizga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatish yurtimizda olijanob an’anaga aylanib qoldi. 2020-yil 8-may kuni Toshkent davlat pedagogika universitida “Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbek xalqining front ortidagi jasorati” nomli xalqaro konferensiya tashkil etildi. Konferensiyada respublikamiz tarixchi-olimlaridan tashqari AQSh, Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina kabi xorijiy davlatlardan 14 nafar mutaxassislar ishtirok etdilar. Konferensiya ishtirokichlarining soni 131 nafarga yetdi.

Konferensiya ishida ishtirok etgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari Y.Q.Absoatov konferensiya ishtirikchilariga tabrik yo‘lladi. Konferensiya ishini ochib bergan Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov, ikkinchi jahon urushi O‘zbekistondagi har bir oila kabi, o‘zlarining oilasiga ham bevosita ta’sir qilganligini esladi. Shuningdek, Alisher Umarov respublikamizda, xususan, Toshkent davlat pedagogika universitetida urush ishtirokchilariga ko‘rsatilayotgan ehtirom, qariyalar va faxriylarga yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirdi. Konferensiyada ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga murojaat qilib, o‘zbek xalqining fidokorona mehnatini ilmiy jihatdan tadqiq qilib, o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishga qaror qilganligi uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.

Konferensiya ishiga doktorant, t.f.n. A.Sabirov va PhD D.Abdullayevlar koordinatorlik qildilar. Konfereniya ishtirkochilariga tabrik yo‘llagan tarix fanlari doktori, akademik A.Asqarov ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining jasoratini o‘zlarining shaxsiy xotiralari asosida, shuningdek, mavjud tarixiy hujjatlarga tayangan holda chuqur tahlil qilib berdi. A.Asqarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mehnat va urush faxriylarini ijtimoiy himoya qilish, urush yillarida o‘zbek xalqining jasaratini abadylashtirish maqsadida qilinayotgan ishlarini to‘lqinlanib gapirib berdi. Konferensiya ishida ishtirok etgan, asli O‘zbekistonda tavallud topgan vatandoshimiz, publisist, hozirda AQShda istiqomat qilayotgan Vyacheslav Shatoxinning "O‘zbekistonga evakuatsiya qilish: bir oila va mening kabi oilalar tarixi” mavzusida qilgan ma’ruzasi konferensiya ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. U yahudiylar etnosining saqlanib qolishida o‘zbek xalining beqiyos o‘rnini aniq daliliy ma’lumotlar asosida tahlil qilib berdi. 1941-yilda V.Shatoxinning oilasi Ukrainaning Poltava shahridan evakuatsiya qilinganlar qatorida o‘zbeklar tomonidan mehribonlik bilan kutib olingan. Uning oilasi Farg‘ona shahriga joylashtirilgan bo‘lib, mahalliy aholi ular bilan o‘z uylarini, oziq-ovaqtlarini teng baham ko‘rganlar. Hozir AQShda istiqomat qilayotgan V.Shatoxin “O‘g‘irlangan bolalik” loyihasini joriy qilgan bo‘lib, ushbu loyiha doirasida o‘zbek xalqining front ortidagi jasorati haqida hujjatli filmlar va ko‘plab kitoblar nashr qilingan. V.Shatoxin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkentda Evakuatsiya muzeyini tashkil qilish tashabbusini yuksak baholadi.

Orenburg davlat universiteti Janubiy Ural tarix va etnografiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor D.N.Denisov “O‘zbekistonliklar-Janubiy Ural korxonalarida mehnat fronti qatnashchilari” nomli ma’ruzasida O‘zbekistonliklarning nafaqat o‘z yurtida balki, sobiq sovet davlatining boshka hududlarida xam qahramonlik ko‘rsatganligi, ular turli viloyatlariga ishchi kuchi sifatida safarbar qilinib, og‘ir mehnat sharoitida ham sidqidildan mehnat qilganlarini yuqori hurmat bilan tilga oldi O‘zbekistonliklarning front ortidagi mehnatlari hozirgi kunlarda ham Janubiy Ural shaharlarida katta hurmat bilan tilga olinishini eslatib o‘tdi.

Konferensiyada ma’ruza qilgan Tatariston Fanlar Akademiyasi Tatar ensiklopediyasi va o‘lkashunosligi intituti direktori, tarix fanlari doktori I.A.Gilyazov fashistlar tomonidan vayronkorlik g‘oyalariga asoslangan g‘oyaviy kurashlarning olib borilganligi to‘g‘risida fikrlarini bildirdi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bo‘lim raxbari, t.f.d. N.Mustafayeva “Ikkinchi jaxon urushi yillarida Toshkenda kundalik hayot” mavzusidagi ma’ruzasida noyob arxiv ma’lumotari asosida, Toshkent shahrida evakuatsiya qilingan aholiga ko‘rsatilgan yordam, oddiy insonlarning saxiyligi haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltirdi. Uning fikricha hozirga qadar o‘zbek xalqining fashizm ustidan qoznliggan g‘alabasini yoritib berishga qaratilgan ilmiy ishlar yetarli emas.

O‘zbekiston tarixi davlat muzey direktori, t.f.d. J.X.Ismoilova “Ikkinchi jaxon urushi yillarida o‘zbek xalqining bag‘rikengligi va insonparvarligi” mavzusidagi ma’ruzasida o‘zbek xalqining oliyjanob hislatlarini aniq statistik ma’lumotlar asosida bayon qilib berdi. Xususan, o‘zbek oilalarining yetim bolalarni o‘z oilalariga qabul qilishini respublikamizning har bir viloyati misolida ko‘rsatib berdi hamda qiyin iqtisodiy ahvolga qaramasdan saxiylik va muruvvat ko‘rsatilishi eng oliy umuminsoniy qadriyat ekanligini ta’kidladi. O‘zbekiston Milliy arxivi kinofotofonoxujjatlar bo‘limi boshlig‘i Z.Suleymanova “O‘zbek xalqining ikkinchi jahon urushidagi faoliyatini yoritishda O‘zbekiston Milliy arxivi kinofotofonoxujjatlar muhim taraxiy manbaa sifatida” nomli maruzasida O‘zbekistonda urush yillarida istiqomat qilgan mashhur shoira A.Axmatovaning xotiralari, ilm-fan, san’at sohalari vakillari, O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan sanoat korxonalariga oid video va hujjatli manballarning mazmunini ochib berdi.

Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, tarix fanlari doktori E.N.Nuriddinov “O‘zbek xalqining ikkinchi jahon urushi yillarida g‘alabaga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ijtimoiy fanlari ilmiy-tekshirish instituti tarix bo‘limi mudiri, tarix fanlari nomzodi A.Djumashevning “Qoraqlpog‘istonning ikkinchi jahon urush g‘abalasidagi hissasi” mavzusidagi, O‘zbekistondagi Rossiya ilm va madaniyat markazi koordinatori V.A.Kostetskiyning “Urush yillarida O‘zbekistonda ta’lim tizimini tashkil etish” mavzusidagi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti bo‘lim boshlig‘i, tarix fanlari nomzodi R.Nazarovning “O‘zbekistonda milliy harbiy qismlari va respublikaning ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti dotsenti, PhD, X.Bobojonovning “Ikkinchi jaxon urushi yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilgan ijtimoiy siyosatning asosiy yo'nalishlari” mavzusidagi, tarix fanlari nomzodi, dotsent V.T.Ishquvatovning “Ulug‘ vatan urushi yillarida O‘zbekistonliklarning mudofaa fondiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi ma’ruzalarida urushi yillarida front ortida qolgan xalqlarning fidokorna mehnati, unutilmas jasorati, jangchilar va ularning oilalariga ko‘rsatgan mehr-muruvvati va insonparvarlik fazilatlarini o‘rganish orqali fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga erishishda O‘zbekiston xalqining munosib hissasini har tomonlama ko‘rsatib berishga qaratilgan masalalarni atroflicha yoritib berdilar.

Hozirda respublikamizda ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylarini, shuningdek, mustaqillik yillarida Vatan himoyasi va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila a’zolarini har tomonlama ijtimoiy-huquqiy himoya qilish hamda ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha xayrli ishlar davom etmoqda. Tadbir yakunida barcha konfrensiya ishtirokchilari bir-birlarini va butun O‘zekiston xalqini fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi bilan chin dildan tabrikladilar.