13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligigi bo`yicha dissertatsiya himoyasi

Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashinig 2020 yil 18 may kuni soat 8.00dagi yig‘ilishda tayanch doktorant Abrorxonova Kamola Abrorxon qizining 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligigidan pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilgan «Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini innovatsion yondashuv asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi vebinar texnologiyalari asosida onlayn shaklda bо‘lib о‘tadi.

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini innovatsion yondashuv asosida milliy ruxda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.

Dissertatsiya mavzusi rо‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped498.

Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat kо‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Yunusova Dilfuza Israilovna, pedagogika fanlari doktori; Masharipova Umida Abduvoxidovna, pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yо‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini innovatsion yondashuv asosida milliy ruxda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish bо‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini milliy ruxda tarbiyalashga ustuvorlik berish asosida tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv bosqichlari takomillashtirilgan;

boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini milliy ruxda tarbiyalashga innovatsion yondashuvi sinflar va yosh xususiyatlarini davrlashtirish asosida rivojlantirilgan;

didaktik, kommunikativ va dramatik о‘yin texnologiyalari integratsiyasi asosida boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini milliy ruxda tarbiyalashning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;

boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini innovatsion yondashuv asosida milliy ruxda tarbiyalash modeli (mazmunga oid, operatsional, baholash, natijadorlik) komponentlari fanlarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini innovatsion yondashuv asosida milliy ruxda tarbiyalashni takomillashtirish bо‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini milliy ruxda tarbiyalashga ustuvorlik berishga oid takliflardan umumiy о‘rta ta’lim Davlat ta’lim standartlari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktabrdagi 89-03-3943-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim mazmuni hamda boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining bilim darajasi oshirilishiga xizmat qilgan;

boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini milliy ruxda tarbiyalashning sinflar va yosh xususiyatlari bо‘yicha davrlashtirishdan A-1-23 «Boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari uchun fanlardan multimediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish» (2015-2017 yy.) amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktabrdagi 89-03-3943-son ma’lumotnomasi). Natijada, о‘quvchilarni milliy ruxda tarbiyalash mezonlarini takomillashtirish imkonini bergan;

о‘yin texnologiyalari integratsiyasi orqali boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini milliy ruxda  tarbiyalashning takomillashtirilgan didaktik ta’minotidan umumiy о‘rta ta’lim Davlat ta’lim standartlari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktabrdagi 89-03-3943-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarini milliy ruxda tarbiyalashda fanlararo uyg‘unlikni yanada takomillashtirishga didaktik asos bо‘lib xizmat qilgan;

boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini milliy ruxda tarbiyalash modeli komponentlari fanlarni integratsiyalash bо‘yicha takliflardan A-1-23 «Boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari uchun fanlardan multimediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish» (2015-2017 yy.) amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktabrdagi 89-03-3943-son ma’lumotnomasi). Natijada, о‘quvchilarining milliy ruxda tarbiyalash indikatorlarini baholash metodikasini takomillashtirish imkonini bergan.

oak.uz