O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI FARMONI LOYIHASI MUHOKAMASI BO‘LIB O‘TDI

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan O‘zbekistonda ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan huquqiy-me’yoriy ta’minotni yanada mustahkamlash maqsadida «O‘zbekiston Respublikasida ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yilgan edi.

2020-yil 19-may kuni soat 14.00 da Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent davlat pedagogika universteti, universtet huzuridagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda ushbu qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda 68 nafar tayanch doktorantlar, professor-o‘qituvchilar, Innovaitson rivojlanish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xodimlari ishtirok etdilar.

Qonun loyihasi muhokamasi TDPU rektori Alisher Umarovning kirish so‘zi bilan boshlandi. Alisher Umarov O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga borib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirish bosqichlari, O‘zbekiston Respublikasida ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning mazmuni haqida fikrlarini bildirdi.

Mazkur seminarga koordinatorlik qilgan TDPU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B.S.Abdullayeva konsepsiya muhokamasi faqat bugun emas, balki bir hafta davomida barcha doktorantlarning diqqat markazida turganligini tahlil qilib berdi. O‘zbekiston Respublkasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ilmiy-tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i B.Ismailov muhokamada ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasida ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida kiritilgan ayrim tushunchalar, belgilangan masadlarning mazmunini tanqid qildi va unitakomillashtirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi. Seminarda muhokama jarayonida ishtirok etgan ilmiy bo‘lim boshlig‘i A.Abdazimov, tayanch doktorantar N.Ruzikulova, F.Dadaboyeva, A.Vaxobov xamda professor-o‘qituvchilardan R.Yuldashev va A.Kaldibekovalar ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, ilmiy-texnik faoliyatning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, ilmiy sohani moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, yuqori malakali ilmiy va muhandis kadrlarni tayyorlash va ularni ilmiy faoliyatga rag‘batlantirish, ilmiy-texnik infratuzilma modernizatsiyasi, ilm-fanni rivojlantirish uchun qulay axborot muhitini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasi ilm-fanini rivojlantirish konsepsiyasining amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar haqida fikrlarini bildirdilar.

Seminar jarayonida bildirilgan takliflar umumlashtirilb, Innovatsion rivojlanish vazirligiga yozma ravishda taqdim qilishga qaror qilindi.