Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori bayram tabrigi

Alisher Umarov, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori:

" Yer yuzi yaralibdiki, har zamon va makonning o'z yoshlari shu zamon va makon taqdirini belgilab kelgan.

Yosh avlod katta avlod xatolaridan to'g'ri xulosalar chiqarib, umumsivilizatsiyaviy taraqqiyotga erishishda asosiy jihat maqomini doimo o'zida saqlab qolgan.

Ayni yillar, oylar, kun, daqiqa va soniyalar siz yoshlarning, o'zgarishlar oqimida shiddat bilan suzib borayotgan O'zbekistonni, ona yurtimizni turli to'fon-u, po'rtanalardan himoya qilgan holda, har kim qurbi yetgancha rivojlanishiga hissa qo'shmoqlik onlaridir.

TDPU talabalari va yosh xodimlari, - "pedagog" so'zi ma'nosini juda yaxshi bilsangiz kerak.

Siz "bola yetaklovchi" emas, shu bola timsolida butun mamlakatimizni yorug' kelajakka yetaklovchi eng muhim insonlar bo'lasiz.

Ta'lim - tarbiya barcha zamonlarda eng katta umid bo'lgan. Bu umidni so'nishiga yo'l qo'ymaydigan darajadagi professional mutaxassis bo'lishingizga ishonaman va bu uchun bor kuchimni sarflab mehnat qilishga tayyorman.

TDPU jamoasi va o'zim nomimdan universitetimiz yoshlarini, shu qatorda butun O'zbekiston yoshlarini 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan chin ko'ngildan tabriklab qolaman.

Mustahkam sog'lik, pok muhabbat, shodu-hurramlik va ma'zmunli umr doimo siz bilan birga bo'lsin! "