Zakovat intellektual o`yini

“Zakovat” intellektual o’yinining bosh maqsadi – talaba-yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish, sog’lom raqobatni shakllantirish, do’stlar orttirish, hurmat-e`tibor qozonish, o’tib borayotgan vaqtni mazmunli o’tkazish, bilmagan narsalarni bilish olish, ham g’oliblik, ham mag’lubiyat nashidasini tatib ko’rishdan iborat.

Tafsilot

Batafsil

Tadbirni Ma’naviy–marifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Qo’ysinov ochib berdi va barchani “Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan samimiy qutladi. Shundan so’ng Fizka-matematika fakulteti ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari I.Qurbonnazarov, Tabiiy fanlar fakulteti ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari B.Axmadaliyeva, Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari K.Abdullayevlar so’z olib barchaga omad tiladi va intelektual o’yinga start berildi. O’yinni Respublika Ta’lim markazi yetakchi mutaxassisi F.Abdullayev olib bordi. “Zakovat” o’yinda ja’mi 7 ta jamoa : Fizika- matematika fakulteti talabalaridan tashkil topgan “ Jasorat”, “To’maris”, Pedagogika fakultetining “Turon” , Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetining “Admiral”, Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti “Tavakkal”, Tarix fakultetining “Adolat” , Kasb ta’limi fakultetining “Sporting” jamoalari o’zaro bellashdilar. Yakunda jami 6 ball to’plagan Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetining “Admiral” jamoasi 3-o’rini, 7 ball to’plagan to’plagan Kasb ta’limi fakultetining “Sporting” jamoasi 2- o’rinni, 8 bal to’plagan fizika matematika fakultetining “Jasorat” jamoasi 1-o’rinni egalladilar.