"Yuridik xizmat faoliyatini takomillashtirish va 2020 yil OTMlarga qabul jarayonlarida korrupsiyani va boshqa qonun buzilishlarni oldini olish" mavzusida onlayn konferensiya tashkillashtirildi

Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Adliya vazirligi bilan hamkorlikda 2020-yil 8-iyul chorshanba kuni soat 10-00 da OTM yuristkonsultantlari uchun "Yuridik xizmat faoliyatini takomillashtirish va 2020-yil OTMlarga qabul jarayonlarida korrupsiyani va boshqa qonun buzilishlarini oldini olish" mavzusida onlayn-konferensiya tashkil etildi. Onlayn konferensiyada TDPU rahbariyati vakillari, professor-o'qituvchilar, Adliya vazirligi mutaxassislari, Respublikamizdagi bir qator OTMlardan ishtirokchilar qatnashdilar. 


Konferensiya mobaynida OTMlarda yo'lga qo'yilgan yuridik xizmat sifatini oshirish, davom etayotgan qabul jarayonlarida korrupsiyaviy va qonun buzilish holatlarini oldini olish bo'yicha Adliya vazirligi mutaxassislari ma'lumot va ko'rsatmalar berib o'tdilar. 

Shu bilan birga TDPU rektori Alisher Umarov konferensiya ishtirokchilariga universitetda yuridik xizmat holati va uni rivojlantirish uchun ko'rilayotgan chora-tadbirlar, harakatlar to'g'risida qisqacha ma'lumot berdi. Rektor o'z so'zi davomida OTMlarga qabul jarayonlarida korrupsiyaviy va noqonuniy boshqa holatlarni oldini olishda qanday jihatlarga e'tibor berish lozimligi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. 

Konferensiyada onlayn tarzda ishtirok etayotgan ko'plab qatnashuvchilar adliya sohasi mutaxassislari va boshqa OTM vakillaridan, o'zlarining sohaga doir, korrupsiyaviy holatlarni oldini olishga oid savollariga javob olishdi. Konferensiya respublika miqyosida OTMlardagi yuridik xizmat sifatini oshirish va qabul jarayonlarida shaffoflik va adolatni ta'minlashga xizmat qiluvchi amaliy harakatlardan biri bo'ldi.