TDPUda Onlayn maqom kechasi

✅ Madaniyat va insoniylik tuyg'ularisiz hayotimizni tasavvur etish juda qiyin. O'sib kelayotgan yosh avlodda bu jihatlarni shakllantirishda esa milliy maqom san'atining o'rni beqiyos. Yurtboshimiz ham bu soha haqida o'z chiqishlarida alohida to'xtalib o'tar ekan, quyidagi so'zlarni aytgan edi: "Agar biz asl, haqiqiy san’atni bilmoqchi, o‘rganmoqchi bo‘lsak, avvalo mumtoz maqom san’atini bilishimiz, o‘rganishimiz kerak. Agar biz san’atni, madaniyatni ko‘tarmoqchi bo‘lsak, avvalo mumtoz maqom san’atini ko‘tarishimiz kerak. Maqom ohanglari, maqom ruhi va falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning ongi va yuragidan chuqur joy olishi uchun bor imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur".

✅ Shu sababli Toshkent davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar va universitet jamoasi uchun yetuk maqom ustasi, nafaqat O'zbekiston balki xalqaro darajadagi san'atkor Munojot Yo'lchiyeva ishtirokida onlayn maqom kechasi o'tkazilyapti.

✅ Yurtimizda Munojat Yo‘lchiyevaning qo‘shiqlari kirib bormagan xonadon yo‘q, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning noyob ovozi, tuyg‘ularga boy ijrosi, yurakdan kuylash uslubi nafaqat mamlakatimiz, balki ko‘plab xorijlik ixlosmandlarni ham o‘ziga rom etib keladi.

✅ Sizlarni bugun 18-iyul soat 16:00da ZOOM dasturi orqali onlayn bo‘lib o‘tadigan onlayn "Maqom kechasiga" taklif etamiz. Tadbir mehmoni Munojot Yo‘lchiyeva.

✅ Ushbu ZOOM havolasi orqali sizlarni kutib qolamiz! https://us04web.zoom.us/j/8534107308

✅ Identifikator:8534107308

✅ Parol: 469726