TDPUda korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tadi

✴️ "Korrupsiya fohishalikdan ham battar illatdir. Ikkinchisi shaxsning axloqiga tahdid solishi mumkin, birinchisi esa butun mamlakatning axloq qoidalariga mutlaqo xavf soladi."

Karl Kraus

✅ Joriy yilning 27-iyul kuni soat 16:00 da Toshkent davlat pedagogika universiteti rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilari va mutaxassis-xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

✅ Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi va boshqa hamkor tashkilot vakillari tomonidan ushbu sohada vujudga kelayotgan muammolar va ularning natijalari bo‘yicha ma’lumotlar beriladi.

✅ Eng asosiy jihati, ushbu muhokamalarda Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Abdulla Avloniy qarashlarida poraxo‘rlik, nohaklik va aldov kabi illatlarning salbiy oqibatlari bo‘yicha yangicha ma’lumotlar beriladi.