"COVID-19 profilaktikasida sog‘lom turmush tarzining ahamiyati" mavzusida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi

COVID-19 profilaktikasida cog‘lom turmush tarziga rioya etish ko‘plab muammolarning oldini olish demakdir. Bugun ushbu mavzuga juda ko‘p duch kelayapmiz. Bir qaraganda qiyin ko‘rinuvchi, anchagina kuch, sabr va iroda, vaqt va sharoit talab etuvchi COVID-19 profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzining asosiy qoidalari nimalardan iborat? Bugungi kunda qanday qilib, COVID-19 profilaktikasida sog‘lom turmush tarziga rioya etish mumkin? 

Joriy yilning 25- iyul kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi mutaxassislari hamkorligida COVID-19 profilaktikasida sog‘lom turmush tarzining ahamiyati mavzusida ZOOM dasturi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Onlayn uchrashuvda TTA 2-bolalar kasalliklari kafedrasi dotsenti, t.f.n. Iskanova G.X, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani Mirsoliyeva M.T, universitet professor o‘qituvchilari hamda talaba yoshlari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida Iskanova G.X tomonidan COVID-19 virusi haqida ma’lumotlar berildi va ushbu virusdan qanday saqlanish, kasallikning ilk belgilari qanday bo‘lishi, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati nimada ekanligit haqida ma’lumotlar berish bilan birgalikda tushuntirish ishlari va maslahatlar berib o‘tdi. 

Onlayn uchrashuv so‘ngida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Unutmang! COVID-19 profilaktikasida sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, bu — har qanday kasalliklar profilaktikasi va salomatlik, kuch-quvvat garovidir. U insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish garovidir. 

Sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya etgan odam oilasi, mehnat jamoasi, umuman, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, turli murakkab vaziyatlarni yengib o‘tish, hayot qiyinchiliklari oldida o‘zini yo‘qotmaslikka o‘rganadi. COVID-19 profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzi qoidalari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, biri ikkinchisiz sodir bo‘lishi amrimahol. Ularni ertaga qoldirmasdan, hoziroq amalga oshirishni boshlash bilan sog‘lom va baxtli hayot sari ilk qadamlarimizni tashlagan bo‘lamiz.