TDPUda yangi o'quv yili boshlanganligi sababli talabalar bilan onlayn muloqotlar o'tkazilmoqda

✅ Shunday onlayn muloqotlardan biri, joriy yil 9-sentabr kuni TDPU Tabiiy fanlar fakultetida bo'lib o'tdi. Onlayn muloqotda fakultet guruh sardorlari, guruh murabbiylari va talabalar ishtirok etishdi.

✅ Muloqot davomida talabalar kuzgi semestrda o'quv jarayonining qanday tashkil etilishi, fanlar konteti, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, davomatning qanday yuritilishi va ularga qo'yilayotgan vazifalar haqida atroflicha ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

✅ Ochiq muloqot davomida talabalarning barcha savollariga fakultet dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va guruh murabiiylari tomonidan javob berilishi bilan birga ularning muammoli vaziyatlariga yechimlar ham keltirib o‘tildi.

✅ Masalan, internet tezligi pastligi yoki internet tarmog‘i mavjud bo‘lmagan xududlarda yashovchi talabalarga: 1) tuman markazlarida yashovchi yaqin qarindoshlariniki kelib vaqtincha yashash; 2) sim karta bilan ishlovchi WiFi router qurilmasini olish; 3) doimiy yashash xududidagi maktab direktorlari bilan kelishgan xolda maktablardagi internetlardan vaqtincha foydalanish kabi tavsiyalar berildi.

✅ Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, ZOOM platformasidagi darslar ikkinchi darajali vositaga aylantirildi. Endilikda talabalar ta'lim platformasidagi fan kontentlari bilan istalgan vaqtda tanishishlari mumkin, lekin dars vaqtida vazifalar bilan tanishib, ularni yuklab olishlari, qo'yilgan topshiriqlarni belgilangan muddat ichida bajarishlari va platformaga joylashlari kerak. Shu sababli, talabalarning darslarda qatnashish ko'rsatkichi oshishi kutilmoqda.

✅ Muloqotda, talabalarga sim kartali router haqida ham ma'lumot taqdim etildi. Sim karta bilan ishlaydigan ROUTER - qulay, oson va doimiy internet!

✅ Sim kartali routerning mobil internetni tortib olish imkoniyati yuqori va aynan shu ishga mo‘ljallangan. U bir vaqtning o‘zida 5 tadan ortiq mobil telefon va kompyuterga xizmat ko‘rsata oladi. Xizmat radiusi 50 metrgacha.

✅ Hududdagi eng yaxshi ishlovchi mobil operatorining sim kartasini qo‘yish kifoya. Bir martalik zaryadi foydalanuvchilar soniga ko‘ra 2 soatdan kam emas, shuningdek doimiy zaryad olib turish imkoniyati ham bor.

✅ 2020-yil 12-sentabr holatiga ko‘ra, fakultetda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi 820 nafar talabalarning ma’lumotlar bazasi ( shaxsiy mobil telefon raqami, otasi va onasining, shuningdek yaqin qarindoshlarining mobil telefon raqamlari, talabaning ayni vaqtda yashash manzili va oilaviy xolati to‘g‘risida ) to‘liq shakllantirildi va bugungi kunda har bir talaba kesimida ish olib borilmoqda.