Diqqat! Shartnoma shartlari

Izoh: Shartnoma shartlarini diqqat bilan o’rganib chiqing va shartnoma to’ldirilib, imzolangach, skaner qilinib pdf variantda yuqoridagi elektron manzilga jo’natiladi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 2-sentayabrdagi 87-03- 3015 –son xatiga asosan Toshkent davlat pedagogika universitetining tegishli ta’lim yo’nalishlariga o’qishini ko’chirishga ruxsat berilgan talabalar to’lov-kontrakt shartnomasini universitet bilan tuzishi va onlayn shaklida to’lovni amalga oshirishi mumkin. To’lov amalga oshirilgach, shartnomani pdf holdagi variantini (to’ldirilgan va imzolangan holda) va to’lov chekini (kvitansiyasini) tdpu_ok@mail.ru elektron pochta manziliga jo’natishingiz so’raladi.

Fayllar:
1. Shartnoma 2020.pdf     2. TDPU IP kod shartnoma.xlsx