O'zbek tili kuni bayrami muborak bo'lsin!

Yaratgan bu zamon va makon tartibotini so'z ustiga qurdi. Har bir tirik mavjudot taratayotgan sas bu uning ona tili, o'zligi va o'ziga xosligidir. Millatni bir qiladigan, uni ezgu g'oyalar yo'lida birlashtira oladigan eng katta kuch ham - bu til.

Aynan shu sababli ham tilga bo'lgan har birimizning e'tiborimiz kelajak va taraqqiyotimizni belgilab beradi.

Qadrli yurtdoshlar, yoshlar ona tilimiz bo'lmasa bu dunyoda na o'zbek qoladi, na O'zbekiston. Minglab yillar davomida shakllanib kelayotgan, ajdodlarimizdan, eng katta meros bo'lib qolgan ona tilimiz bo'lmish, o'zbek tilini hamisha, har yerda e'zozlash, hurmat qilish - bu bizning eng oliy burchimizdir.

Toshkent davlat pedagogika universiteti barcha yurtdoshlarimizni, 21-oktyabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yillik bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi. Ona tilimiz barhayot va boqiy bo'lsin!