TDPU akademik litseyida “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi” mavzusida tadbir o’tkazildi

Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirni akademik litsey direktori F.A.Nazarova ochib berib, Bosh Assambleyaning 75-sessiysi mazmun-mohiyati haqida gapirib o’tdi.

Bosh Assambleyaning yetmish beshinchi sessiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida birinchi marta butunlay yangi formatda – koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn muloqot rejimida bo‘lib o‘tmoqda. Bunday global falokat sayyoramizda so‘nggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko‘rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o‘zaro bog‘liq ekanini, o‘rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o‘ta muhimligini isbotladi.

Shundan so’ng litseyning Tarix fani o’qituvchisi M.Meliboyev so’zga chiqib, mavzu borasida o’z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan masalalar, takliflarning mazamun-mohiyatini ham tadbir ishtirokchilariga tushuntirib berdi.

Jumladan, Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarimiz natijasida yangi O‘zbekiston  shakllanmoqda. -bugungi kunda mamlakatimizdagi demokratik o‘zgarishlar ortga qaytmaydigan tus olganligi, biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi.

Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko‘payganligi, inson huquqlari sohasidagi holat ham butunlay o‘zgardi. Majburiy va bolalar mehnati to‘liq tugatildi.

-inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya qabul qilinganligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining fuqaroligi bo‘lmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirig‘iga javoban shu yilning o‘zida 50 ming yurtdoshimizga O‘zbekiston fuqaroligi berilganligini ta’kidlab o’tdi.

-barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta’minlashda parlamentlar rolini oshirish to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilishni taklif etamiz.

-biz Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilishni taklif etamiz. Ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq bo‘lardi.

-shu munosabat bilan qashshoqlikni tugatish va kambag‘allikka qarshi kurashishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bag‘ishlangan global sammitni o‘tkazishni taklif etamiz.

Prezident tomonidan ilgari surilgan masalalar va takliflarning mazmun-mohiyati soha mutaxassisi tomonidan tahlil qilindi.