Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti tomonidan “Tilimiz-gʼururimiz, ishonchu tayanchimiz!” mavzusida maʼnaviy tadbir tashkillashtirildi.

“Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʼlgan oʼzbek tili xalqimiz uchun milliy oʼzligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim oʼzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʼlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʼlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʼshiqlariga quloq tutsin”

Sh. Mirziyoyev

Joriy yilning 22-oktyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulьteti tomonidan “Tilimiz-gʼururimiz, ishonchu tayanchimiz!” mavzusida onlayn maʼnaviy tadbir tashkil etildi. Tadbirda “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati aʼzolari - Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy tadbirlar targʼibotini tashkil etish boʼlimi boshligʼi, shoira Farogʼat Xudoyqulova, “Nihol” mukofoti sovrindori, xonanda Dilshod Imomaliev hamda fakulьtet professor-oʼqituvchilari va talaba yoshlari ishtirok etdilar. Tadbirni Pedagogika va psixologiya fakulьteti dekani Gulsanam Ibragimova ochib, tadbir ishtirokchilarini oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʼttiz bir yilligi bayrami bilan samimiy qutladi. Oʼzbek tili davlatimizning ramziy qadriyati ekanligini taʼkidlab, uni rivojlantirishda pedagog va soha mutaxassislarini oldida turgan dolzarb vazifalar haqida toʼxtalib oʼtdi.

Tadbirda Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Аdabiyot targʼibot va tadbirlarni uyushtirish boʼlimi boshligʼi, taniqli shoira Farogʼat Xudoyqulova oʼzbek tilining jozibador, serqirra boʼlishida xissa qoʼshgan allomalar haqida toʼxtalar ekan, Аlisher Navoiy asarlarida oʼzbek tiliga berilgan taʼriflar borasida soʼz yuritdi. Shu bilan birga mustaqillik yillarida ona tilimizning maqomini tiklash, oʼzbek tilini keng isteʼmolga kiritish maʼnaviy sohadagi islohotlarning oʼzagiga aylangani, taʼlim maskanlarida oʼzbek tilini oʼqitish, ona tili vositasida yosh avlod ongiga milliy gʼurur-iftixor tuygʼularini singdirishga alohida eʼtibor qaratilgani haqida gapirdi.

“Nihol” mukofoti sovrindori, xonanda Dilshod Erkinovich Imomaliev щz sщzida nafaqat yoshlar, balki katta yoshli axoli oʼrtasida xam soʼz qashshoqligi, jargondan foydalanish kabi bir qator muammolar mavjudligini taʼkidlanib, oʼzbek tili boyligidan unumli foydalanish, soʼzlashuv madaniyati va muloqot yuritish qoidalariga amal qilish lozimligiga xaqida soʼz yuritdi. Xonanda tomonidan jonli ijroda kuylangan kuy-qoʼshiqlar barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.