Balandlarda hilpirayver bayrog‘im!

Dunyo istalgan mamlakat, hududni uning bayrog‘i orqali taniydi. Bayroq, xuddi inson chehrasi misol, o‘zida mamlakatning turmushi, o‘tmishi va buguni haqida dastlabki va ko‘pincha aniq tasavvurlarni taqdim etadi. 18-noyabr — O‘zbekistonning milliy ramzlaridan biri — davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

Bu yil xalqaro maydonda mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i hilpirab turganiga 29 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan “Bayrog‘imiz – fahrimiz, g‘ururimiz!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

An’anaviy hamda onlayn shaklda o‘tkazilgan tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi maslahatchisi Odina Jamoliddinova, unversitet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Feruza Madraximova, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani Muxabbat Mirsoliyeva hamda professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Bayram tadbirida universitet miqyosida “Balandlarda hilpirayver bayrog‘im!” shiori ostida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Tadbir yakunida iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.