TDPU professor-o'qituvchilari nufuzli forumlarda ishtirok etdilar

Joriy yilning 19-noyabr kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti, Maxsus pedagogika fakulteti professor-o'qituvchilari bir necha nufuzli forumlarda ishtirok etdilar. Ular quyidagilar:

YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan joriy yilning 19-noyabr kuni Osiyo va tinch okean mintaqasi a’zo davlatlari uchun «Barqaror rivojlanish ta’limi 2030 Yo‘l xaritasi» mavzusidagi onlayn vebinari tashkil etildi. Tadbirda mintaqaviy va milliy darajada Barqaror rivojlanish ta’limi orqali o‘quvchilarni inklyuziv, tinch va barqaror dunyo uchun kerakli bilimlar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Anjuman yakunida mintaqaviy va milliy darajada Barqaror rivojlanish ta’limi orqali o‘quvchilarni inklyuziv, tinch va barqaror dunyo uchun kerakli bilimlar bilan ta’minlash borasida ta’lim muassasalarida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan bo‘yicha tavsiyalar va ularni amalga oshirish rejalari ishlab chiqildi. Onlayn taqdimotda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika fakulteti kafedralari professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. 

Nizomiy nomidagi TDPU Maxsus pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari 2020-yil 19-noyabr kuni o‘tkazilgan «Bolalarning ta’lim olish huquqi: pandemiya davridagi dolzarblik, bardavomlik va innovatsiyalar» mavzusida xalqaro veb-forumda ishtirok etdilar. Veb-forumda «Zamin» xalqaro fondi jamoat raisi Ziroat Maxmudovna Mirziyoyeva va Oliy Majlis senati raisi Tanzila Kamalovna Narbayeva ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Xalqaro veb-forumda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika fakulteti kafedralari professor-o‘qituvchilari faol qatnashdilar.