Toshkent davlat pedagogika universitetida Prezident murojaatnomasida belgilangan vazifalar bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 29-dekabr kuni parlamentga qilgan murojaatida 2021 yil - “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi. Bu esa aholining salomatligi eng birlamchi vazifa ekanligini, shu bilan birga mamlakatimizda yoshlarni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash va ularni qo’llab-quvvatlash – eng ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligini anglatadi. Shuningdek, murojaatnomadagi ta’lim yo’nalishida belgilangan vazifalar alohida ahamiyat kasb etadi.

Shunga muvofiq, bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetetida Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasidagi belgilangan ustuvor vazifalarga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Unda universitet rektori Alisher Umarov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spiker o’rinbosari Ulug’bek Inoyatov va universitet professor-o’qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda ta’lim tizimizda, xususan oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan islohatlarning amaliy natijadorligini oshirish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va shu orqali ko’zlangan maqsadga erishish muhimligi ta’kidlandi.

Universitet miqyosida olib borilayotgan turli amaliy ishlar, xususan, universitet tasarrufidagi akademik litsey va otaliqqa olgan maktablar bilan hamkorlikni kuchaytirish, sahaga tegishli zamonaviy fanlarni amaliyotga tadbiq etish, xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan doimiy hamkorlikni yo’lga qo’yishni rivojlantirish va isloh etish bo’yicha amalga oshirish zarur bo’lgan dasturiy va maqsadli vazifalar belgilab olindi.