✅ Joriy yilning 11-12-yanvar kunlari talabalar turar joylariga ehtiyoji mavjud talabalardan arizalar qabul qilinishini ma'lum qilamiz.
✅ TTJdagi joylar chegaralanligi sababli faqat quyidagi mezonlarga mos talabalar ariza topshirishlari mumkin:
- uzoq hududlardan kelgan 1-kurs talabalari;
- nogironligi bor barcha kurs talabalari;
- chin yetimlar (barcha kurslardagi):
- universitet Yoshlar ittifoqining yetakchilari va ittifoq Kengashi a'zolari .
✅ TTJga talabgor talabalar arizalarni yozma va onlayn shaklda topshirishlari shart.
✅ Arizalar yozma shaklda fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlariga topshiriladi. Arizaga pasport nusxasi hamda chin yetim va nogironligi mavjudligini asoslovchi hujjatlar ilova qilinadi.
✅ Arizalar elektron shaklda quyidagi manzil orqali to'ldiriladi:
http://e-bilim.uz
✅ Arizalarni qabul qilish muddati joriy yilning 12-yanvar kuni soat 20.00ga qadar. Ushbu muddatdan keyin arizalar qabul qilinmaydi.
ESLATMA: Arizalar yozma va onlayn tarzda topshirilishi shart. Ushbu ikki variantdan biri yuborilmasa, arizalar qabul qilinmaydi.
✅ Arizalar universitet rahbariyati, kasaba uyushmasi vakillari, jamoat faollari va Yoshlar ittifoqi a'zolaridan tashkil topgan Universitet komissiyasi tomonidan tezkorlik bilan ko'rib chiqiladi.
✅ Talabgorlarga TTJdan joy Universitet komissiyasi xulosasiga ko'ra ajratiladi.