Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining talabalari diqqatiga!

✅ Joriy yilning 11-12-yanvar kunlari talabalar turar joylariga ehtiyoji mavjud talabalardan arizalar qabul qilinishini ma'lum qilamiz. ✅ TTJdagi joylar chegaralanligi sababli faqat quyidagi mezonlarga mos talabalar ariza topshirishlari mumkin: - uzoq hududlardan kelgan 1-kurs talabalari; - nogironligi bor barcha kurs talabalari; - chin yetimlar (barcha kurslardagi): - universitet Yoshlar ittifoqining yetakchilari va ittifoq Kengashi a'zolari . ✅ TTJga talabgor talabalar arizalarni yozma va onlayn shaklda topshirishlari shart. ✅ Arizalar yozma shaklda fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlariga topshiriladi. Arizaga pasport nusxasi hamda chin yetim va nogironligi mavjudligini asoslovchi hujjatlar ilova qilinadi. ✅ Arizalar elektron shaklda quyidagi manzil orqali to'ldiriladi: http://e-bilim.uz ✅ Arizalarni qabul qilish muddati joriy yilning 12-yanvar kuni soat 20.00ga qadar. Ushbu muddatdan keyin arizalar qabul qilinmaydi. ESLATMA: Arizalar yozma va onlayn tarzda topshirilishi shart. Ushbu ikki variantdan biri yuborilmasa, arizalar qabul qilinmaydi. ✅ Arizalar universitet rahbariyati, kasaba uyushmasi vakillari, jamoat faollari va Yoshlar ittifoqi a'zolaridan tashkil topgan Universitet komissiyasi tomonidan tezkorlik bilan ko'rib chiqiladi. ✅ Talabgorlarga TTJdan joy Universitet komissiyasi xulosasiga ko'ra ajratiladi.