Toshkent davlat pedagogika universitetida “Universitet birinchiligi” sport musobaqalari bo’lib o’tdi

✅ Sport insonning ham jismonan, ham ruhan irodasini kuchaytirib, insonning chidamliligini, qat'iyatini, o'ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi.
✅ Shu bois, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida nafaqat talabalarnig, balki professor-o’qituvchi va ishchi-xodimlarning o’rtasida sportni keng targ’ib qilish bo’yicha bir qator amanliy ishlar olib borilmoqda.
✅ Xususan, universitet kasaba uyushmasi va Boshlang‘ich ta’lim fakulteti Jismoniy madaniyat kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamkorligida sportning stol tennis va shaxmat turlari bo‘yicha universitet professor-o’qituvchi va ishchi-xodimlarning o’rtasida “Universitet birinchiligi” sport musobaqalari o‘tkazildi.
✅ Musobaqa ishtirokchilari 50 yoshgacha va 50 yoshdan yuqori bo’lgan guruhlarga bo’lingan holda olib borildi. Musobaqalarda universitet fakultetlari va bo‘limlaridan 60 dan ortiq professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar ishtirok etdi. G’oliblarga diplom va maxsus sovg’alar taqdim etildi.
✅ Shaxmat sport turi bo’yicha “Universitet birinchiligi” g‘oliblari va ishtirokchilari bilan shaxmat bo‘yicha ikki karra Jahon chempioni Zaynidinov Sirojiddin bilan seans tashkil etildi.
✅ Do'stona va xush kayfiyatda bo'lib o'tgan “Universitet birinchiligi” sport musobaqalarida ishtirokchilar quyidagi natijalarni qo'lga kiritdilar:
✅ Stol tennis 50 yoshgacha
1-o‘rin - Qarshiev Tolibjon O‘tkir o‘g‘li (ATM bo‘limi)
2-o‘rin - Hakimov Alisher Olimjonovich (Chet tillari fakulteti)
3-o‘rin - Dushabayev Dilshod Shavkatbekovich (Boshlang‘ich ta’lim fakulteti)
✅ 50 yoshdan yuqori
1-o‘rin - Sotvoldiyev Abduxoshim Yuldashovich (ChHT fakulteti)
2-o‘rin - Mamadaliyev Abdumajid (Chet tillari fakulteti)
3-o‘rin - Mansurov Ne’mat Axmadovich (Texnologik ta’lim fakulteti)
✅ Shaxmat
1-o‘rin - Jabborov Muxammadi Musurmon o‘g‘li (Fizika matematika fakulteti)
2-o‘rin - Xo‘jayev Najmiddin Kushnazarovich (Fizika matematika fakulteti)
3-o‘rin - Ruxsatov Asadillo Quvondiqovich (ChHT fakulteti)