TDPU Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti yetakchiligiga saylovlar bo'lib o'tadi

✅ Qadrli Nizomiy nomidagi TDPU talabalari!

✅ Universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti yetakchiligiga saylovlarda faol ishtirok eting!

✅ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti yetakchiligi uchun joriy yilning 4-fevral kuni saylovlar bo'lib o'tadi.

✅ O'tgan 2020-yil davomida e'lon qilingan karantin sababli universitet yetakchiligiga saylovlarni an'anaviy o'qish boshlangandan keyin shaffof va ochiq o'tkazish rejalashtirilgan edi.

✅ Yetakchilikka saylov e'lon qilingunga qadar barcha fakultetlardan liderlik qobiliyatiga ega, eng faol va iqtidorli talabalar saralab olindi.

✅ Ular orasidan quyidagi uch nafar nomzod universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkilot yetakchiligiga nomzod sifatida ko'rsatilmoqda. Marhamat, nomzodlar bilan tanishing:

1. Meliqo'ziyev Mumtozbek Zarifjon o'g'li - Harbiy ta'lim fakulteti talabasi;

2. Tursunboyev G'olibjon Abdurazzoq o'g'li - Pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi;

3. Sharofiddinova Qurbonoy Ixtiyorjonovna - Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi.

✅ Saylov har bir fakultetdan 10 nafardan - jami 120 nafar delegatlardan iborat ovoz berish yo'li bilan o'tkaziladi.

✅ Saylov 2021-yil 4-fevral kuni soat 15.00 da universitetning Faollar zalida bo'lib o'tadi. Keyingi postlarda universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkilotiga nomzodlarining amalga oshirishi rejalashtirilgan loyihalari va dasturlari bilan tanishib borasiz.