TDPU va BDPU o'rtasida onlayn dialog bo'lib o'tdi

2020-yil 20-yanvar kuni Belarus davlat pedagogika universitetida an’anaviy tarzda bo‘lib o‘tadigan Belarus xalqi, shu jumladan vatandoshlarimizni xotirlab Belarus o‘lkasida 1941-1945-yillar Ikkinchi jahon urushi davrida ota-bobolarimizning jang qilgan joylariga sayohat uyushtirish maqsadida Xalqaro “56-Звёздный поход” doirasida “Ikkinchi jahon urushi oqibatlari xotirasini avlodlarga bog‘liqligini saqlash” mavzusida onlayn anjuman bo‘lib o‘tdi.

Belarus tomonidan BDPU birinchi prorektori S.I. Kopteva, universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek-Belarus “Innovatsion pedagogika” qo‘shma fakulteti hamda Toshkent shahridagi Shon-sharaf muzeyi xodimlari ishtirok etishdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetidan O‘zbek-Belarus “Innovatsion pedagogika” qo‘shma fakulteti dekani O.Sh.Ismailovning “Ikkinchi jahon urishida xalqlarning G‘alaba qozonishga qo‘shgan hissasini hozirgi zamon avlodlar xotirasida saqlash” mavzusidagi hamda qo‘shma fakultetning 1-bosqich talabasi S.Xursandbekovalarning “Belarusiyani ozod qilishda yurtdoshlarimizning jasoratlari” mavzusidagi ma’ruzalarini tadbir qatnashchilariga taqdim etildi.