Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

✅ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

✅ Tadbirda Maktabgacha ta’lim fakultetining professor-o‘qituvchi va talaba yoshlari tomonidan Alisher Navoiy asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakl ijrosi yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.

✅ Unda mutafakkirning boy merosi, asarlarida ulug‘langan milliy va umumbashariy g‘oyalar aks etgan sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ushbu g‘oyalar insonni tarbiyalaydi, ezgulikka chorlaydi.

✅ Tadbirda allomaning ana shunday o‘lmas asarlaridan namunalar ijro etildi hamda “Oltin meros” ansambli ishtirokchilari ijrosida Alisher Navoiy g‘azallariga bitilgan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

✅ Tadbirda Alisher Navoiy asarlaridagi ezgu g‘oyalardan yoshlarimizni bahramand etish, yigit-qizlarni buyuk ajdodlarimiz merosiga yuksak ehtirom ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.

✅ Kechada Universitet rektori Alisher Umarov Hazrat Mir Alisher Navoiy ijodi haqida o‘zlarining fikr - mulohazalarini bildirib o‘tdi.

✅ Tadbirda universitetda tashkil etilgan "Navoiy izdoshlari" ko‘rik tanlovining g‘oliblari taqdirlandi.