Rektor talabalar turar joylaridagi sharoitlarni ko'zdan kechirdi

✅ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov universitet tasarrufida bo'lgan barcha talabalar turar joylaridagi sharoitlarni ko'zdan kechirdi.

✅ Tekshiruv chog'ida talabalar turar joylaridagi sharoitlar va muammolar yuzasidan talabalar bilan suhbat olib borildi.

✅ Har bir TTJ ning tarbiyachi-pedagoglari, komendantlari, qavatlarda saylangan qavat sardorlari bilan birgalikda oshxona, ma'naviyat xonasi, sport zal, kir yuvish xonasi, dazmolxona, sanuzel va yashash xonalarining tozaligi yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi. Har bir kamchilik yuzasidan joyida topshiriq berilib, ko'plab muammolar joyida hal etildi.

✅ Barcha TTJlardagi izolyator xonalari ko'zdan kechirildi, issiq o'lchagich, antiseptik vositalar borligi va talabalar karantin qoidalariga amal qilayotganligi o'rganildi.