Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligiga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

✅ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida buyuk bobokalonlarimiz ijodiy merosiga bag‘ishlangan badiiy kechalar va ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

✅ Xususan, joriy yilning 12-fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligini keng nishonlandi.

✅ Tadbirni universitet rektori Alisher Umarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Rektor Zahiriddin Muhammad Boburning asarlaridagi ezgu g‘oyalardan yoshlarimizni bahramand etish, yigit-qizlarni buyuk ajdodlarimiz merosiga yuksak ehtirom ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

✅ Tadbirda Maktabgacha ta’lim fakulteti Musiqa yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan bobolarimiz siymosi gavdalangan sahna ko‘rinishlari, ibratli g‘azal-u ruboiylaridan ko‘y va qo‘shiqlar ijro etildi.

✅ Shuningdek, Harbiy ta’lim fakulteti tomonidan Zahiriddin Boburning harbiy san’ati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.