TDPU va Glazov davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik oʻrnatildi

Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va V.G.Korolenko nomidagi Glazov davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo'yicha muzokaralar olib borildi. Muzokora jarayonida Glazov davlat pedagogika instituti rektori Y.A.Chigovskaya-Nazarova va Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektorilari N.Raxmankulova va B.Abdullayevalar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Glazov davlat pedagogika universiteti vakillari universitetning Musiqa madaniyati, Maxsus pedagogika, Tabiiy fanlar, Innovatsion pedagogika, Maktabgacha taʼlim fakultetlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Shuningdek ular universitetning axborot resurs markazi, oʻzbek-belorus markazi, Abay nomidagi oʻquv markazi hamda Losev nomidagi oʻzbek-rus markaziga tashrif buyurdilar. Muzokara natijasida professor-oʻqituvchilar va talabalarning akademik oʻquv almashuvi, ilmiy konferensiyalar tashkil etish hamda malaka oshirish borasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.