Toshkent davlat pedagogika universiteti AQSh bilan hamkorlikda “Faol ta'lim” loyihasini boshladi

Yurtimizda pedagog kadrlar tayyorlovchi yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblangan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti zamonaviy pedagoglarni tayyorlashda yangicha metod va texnologiyalardan foydalanmoqda. Bu borada xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik va tajriba almashish muhim ahamiyat kasb etadi. Universitet bu yo'lda yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan har tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish, zamonaviy, sifatli pedagogik texnologiyalar bo'yicha peshqadam davlatlarning tajribalarini o'zlashtirish bo'yicha shahdam qadamlar tashlamoqda. Universitet olimlari, professor-o'qituvchilar xalqaro doiradagi hamkasblari bilan doimiy aloqa va muloqotlarni yo'lga qo'yishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, joriy yilning aprelidan boshlab universitet AQShlik xalqaro ta'lim sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikda yangi "Faol ta'lim" loyihasini boshladi.

O‘zbekistonda ta’lim tizimini isloh qilishning eng yaxshi usuli - bu yangi avlod o‘qituvchilarini tayyorlash loyihasidir. Ushbu loyiha pedagogik OTMlar o‘qituvchilarini o‘qitishga qaratilgan bo‘lib, ular o‘z darslarida faol o‘quv muhitini yaratish uchun o‘quv dasturlarini qanday qayta ko‘rib chiqishi kerakligini o'rganishadi. Loyihaning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilar uchun qiziqarli o‘quv muhitini yaratish bo’lib, bunda ular o‘zlari o‘qituvchi bo‘lganida faol va qiziqarli darslarni yaratishga harakat qiladilar. Toshkent davlat pedagogika universiteti yangi avlod o‘qituvchilarini yaratish bo'yicha ushbu loyihada faol ishtirok etmoqda. "Faol ta’lim loyihasi" davomida 120 sahifadan ortiq o'quv dasturi ishlab chiqilgan bo'lib, dastur asosida zamonaviy pedagoglar tayyorlashga ko'mak beriladi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasidagi o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlarida faol o‘quv strategiyalari bilan tanishtirish va kelajakda yanada jozibali o‘quv muhitini yaratish uchun o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirilgan. Shu bilan birga faol ta’limning afzalliklari va uslublari bo‘yicha o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlari doirasida 30 nafar o‘qituvchi uchun haftalik seminar o‘tkazish, ma’ruzalar o‘tkazish, talabalarni o‘rganish orqali faol o'qitishning turli usullarini modellashtirish, ta’limda faol tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olishi uchun o‘qituvchilarga bir yoki bir nechta kurslarda o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqishga yordam berish belgilangan.

Shuningdek, faol o‘qitish bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar tarkibini kuzatib borish va faol o‘quv mashg‘ulotlarini o‘z sinflarida o‘tkazib, o‘zlarini yanada ishonch bilan qulay his qilishlariga yordam beradigan ijobiy konstruktiv mulohazalar bildirish, o‘qituvchilarni onlayn o‘qitish vositalari bilan tanishtirish va faol o‘qitishni namoyish etishdan iborat.