Qurbon hayiti munosabati bilan rektor tabrigi

Qadrli yurtdoshlar!

 

Tinchlik, shukronalik va bag'rikenglik timsoli bo'lgan muqaddas kun Qurbon hayiti bayrami barchamizga muborak bo'lsin!

 

Xalqimiz o'z hayotini doimo ezgulik, halollik va shukronalik bilan xamohang tarzda o'tkazgan. Bunda muqaddas dinimiz va milliy urf-odatlarimizning o'rni beqiyos.

 

Bunday ilohiy kunda aytilajak barcha ezgu tilaklar Yaratgan dargohida qabul bo'lishi, qilgan xatolarimiz kechirilishi ta'kidlanadi. Shunday ekan barchamizning qalblarimizda mavjlangan ezgu niyatlarimiz Robbimiz dargohida qabul bo'lishini, xatolarimiz kechirilishini so'rab qolaman.

 

Yangi O'zbekistonni qurish jarayonida turli sinovlar qatorida COVID-19 virusi keltirayotgan zararlar bilan kurashish ham bor ekan. Bu ham Yaratganning sinovi. Ushbu sinovni bahamjihat bo'lib, mardonavor va sog'-salomat yengib o'tish hammamizga nasib qilsin!

Ulug' ayyomda yana bir bor barcha yurtdoshlarimizni, ahli musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabriklab qolaman! Kelasi yilgi muqaddas bayramlarga yetib yurish barchamizga nasibi-ro'z aylasin!

 

Alisher Umarov,

Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori